Muallif: Saidumarova, Robiya Olimjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar va kattalar orasida keng tarqalgan patologiyalardan biri – buyrak arteriyasi torayishi haqida ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur holat turli xil sistemali va mahalliy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi bilan tibbiyot amaliyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Buyrak arteriyasi stenozining etiologik omillari, uni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy instrumental hamda umumklinik tekshiruv usullari, shuningdek konservativ (dori-darmon) va jarrohlik yo‘li bilan davolash tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada stenoz natijasida yuzaga keladigan patofiziologik o‘zgarishlar va ularning klinik ahamiyati atroflicha yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Buyrak arteriyasi stenozi, anomaliyalari, aterosklerotik torayish, fibromuskulyar displaziya, renin, angiografiya.
Jurnaldagi sahifalar: 98 - 103