Muallif: Boltaboeva, Hulkaroy Hamidulla Qizi
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek adibi va olimi, davlat va jamoat arbobi Fbdurauf Fitratning xorij matbuotida “Ta’rufi muslimin”, “Turk yurdu”, “Sirotu-l-mustaqiym” (Istanbul), “Siroju-laxbori afg‘oniyya” (Kobul), “Ochiq so‘z” (Boku), “Sho‘ro” (Ufa) kabi gazeta va jurnallarda nashr etilgan maqolalari tahlil etilgan. Ularda aks etgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy masalalar o‘z davrining asosiy voqealari bilan bog‘liq holda tahlilga tortilgan. Ushbu maqolalar fors va turk tillarida chop etilgan bo‘lib, muallif ularni o‘zbek tiliga tabdil qilgan va joriy yozuvda nashr ettirgan.
Kalit so'zlar: xorij, publitsistika, ijtimoiy-siyosiy masalalar, Fitrat, Mehmet Akif, Buxoro axbori, maorif, madaniyat.