15.12.2025
24
BOSHQARILADIGAN GORIZONTAL VIBROMAYDALAGICH QURILMASI VA UNING MATEMATIK MODELI

Muallif: Аxmedov, Аzamat Хаitovich

Annotatsiya: Maqolada ruda va qotishmalarni boyitishga tayyorlash jarayonida ularni samarali maydalash uchun mo‘ljallangan boshqariladigan gorizontal vibromaydalagich qurilmasi va uning matematik modeli ishlab chiqilgan. Qurilmaning kinematik va dinamik xususiyatlari o‘rganilib, dibalansli vibrator asosida ikki koordinatali vibratsion harakatni hosil qilish mexanizmi tahlil qilingan. Ishchi organ harakati uchun differensial tenglama tuzilib, uning umumiy yechimi, tezlik va tezlanishning vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan. Qurilmaning prujina tizimi, dibalans massasi va elektrodvigatel burchak tezligi yordamida vibratsiya amplitudasi va chastotasini boshqarish imkoniyati ilmiy asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: gorizontal vibromaydalagich, vibratsion harakat, dibalans, matematik model, differensial tenglama, boshlang‘ich shartlar, vibratsiya chastotasi, prujina tizimi.

Jurnaldagi sahifalar: 101 - 108

Yuklab olish