Muallif: Muxamatova, Dilbar Xayot qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro vohasidagi o‘zbek-tojik ikki tilliligi sharoitida o‘zbek shevasi va so‘zlashuv nutqida sodir bo‘layotgan morfosintaktik va semantik o‘zgarishlar Lars Yoxansonning "Kod-kopiyalash nazariyasi" (Code-Copying Framework) doirasida tadqiq etiladi. Tadqiqotda tojik tilidan o‘zbek shevasiga grammatik modellar va strukturaviy nusxalarning o‘tishi (global hamda qismatli-kombinatorial va semantik kopiyalash) mantiqiy-tipologik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Buxoro o‘zbek shevasida izofatli qurilmalar, ergash gapli analitik konstruksiyalar, ko‘makchi fe’lli va aspektual tizimlar hamda inkor shakllarida tojik tili grammatik modelining chuqur iz qoldirganligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: kontakt tilshunoslik, Buxoro o‘zbek shevasi, Lars Yoxanson, Kod-kopiyalash nazariyasi, global kopiyalash, qismatli kopiyalash, morfosintaks, semantik kopiyalash.
Jurnaldagi sahifalar: 387 - 392