03.05.2022
598
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O‘RGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y).

Muallif: Raximov, Sanjar Abdulloyevich

Annotatsiya: Muallif tomonidan mazkur maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixini xolisona va qiyosiy tahlil asosida о‘rganishda “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarining manba sifatidagi ahamiyati haqida xulosalar berilgan. Matbuot organlaridagi BXSR iqtisodiy tizimidagi qishloq xо‘jaligi (paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, g’allachilik, qorakо‘lchilik), vaqf mulklariga munosabat, soliq siyosati, bank tizimi, transport holati, tovar-pul munosabatlari kabi masalalarga oid ma’lumotlarni o’rganilgan. Shuningdek bu manbalar asosida Buxoro Xalq Respublikasi faoliyati davomida qishloq xo’jaligida paxta, g‘alla, chorvachilikni rivojlantirish masalalarida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o’rganilgan. “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSRdagi maishiy turmush muammolari, xalq salomatligi va xotin-qizlar masalalari, harbiy sohaga doir ma’lumotlar tahlil qilingan. Ushbu gazetalardagi ma’lumotlarning o’rganilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi faoliyati davomida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ishlar haqida ma’lumotlar o’rganilib, “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari tarixiy manba sifatida muhim ekanligi keltirib o’tilgan.

Kalit so'zlar: “Kolesov voqeasi”, “Buxoro axbori”, “Ozod Buxoro”, “Vaqf ishlari haqidagi loyiha”, “Markaziy revkom”, “Buxoroda qorakо‘lchilik ishi”, “Xalq hukumati”

Jurnaldagi sahifalar: 397 - 402

Yuklab olish