Muallif: Mullabayev, Abrorjon Axroridinovich
Annotatsiya: Mazkur tadqiqot ishimizda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni amalga oshirishda ichki auditni takomillashtirish masalalarini, xususan Andijon viloyati maktab va maktabgacha ta'lim boshqarmasi misolida tadqiq etishga bag'ishlangan. Ishda byudjet tashkilotlarida ichki auditning nazariy-metodologik asoslari, huquqiy-me'yoriy bazasi va xalqaro tajribasi har tomonlama o'rganilgan.Tadqiqot natijalari byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish, byudjet mablag'laridan maqsadli foydalanishni ta'minlash va ta'lim sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Kalit so'zlar: ichki audit, moliyaviy nazorat, byudjet tashkilotlari, maktab va maktabgacha ta'lim boshqarmasi, moliyaviy hisobot, audit samaradorligi, nazorat mexanizmlari, ichki nazorat, risklarni baholash, byudjet mablag'lari, ta'lim muassasalari, xalqaro audit standartlari, audit metodologiyasi, raqamlashtirish, byudjet intizomi.
Jurnaldagi sahifalar: 240 - 248