13.08.2023
161
CHET DAVLATLARDA VA O‘ZBEKISTONDA KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI SHARTNOMASI(FRANSHIZING) INSTITUTI: HUQUQIY MOHIYATI, XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA MILLLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Muallif: Umarova, Xolisxon Nomoz qizi; Qarshiboyev, Jasurbek Komiljon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing)ni tartibga solish muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi huquqiy mohiyati va boshqa ayrim shartnomalardan farqi ochib beriladi. Milliy va xorijiy qonunchilik me’yorlarini uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi haqidagi 50-bobi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunchiligi bilan solishtirma tahlil qilinadi. Huquq egasining shartnoma bo‘yicha yordam ko‘rsatish va tovarlar, ishlar, xizmatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshirish majburiyatlari qonunda imperativ shaklda shakllantirilishi kerakligi haqida fikr bildiriladi. O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksini litsenziat va litsenziarga shartnomadan bir tomonlama voz kechish huquqini beruvchi norma bilan to‘ldirish zarurati asoslanadi. Shuningdek, tomonlarning majburiyatlarini tartibga soluvchi moddalarni shartnomadan oldingi bosqichida ular tomonidan ma’lumotlarni oshkor qilish va dastlabki kelishuv to‘g‘risidagi qoidalar bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqligi haqida bahs yuritiladi.

Kalit so'zlar: kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi, franshizing, “tijorat konsessiyasi”, kompleks litsenziar, kompleks litsenziat, franchayzi, franzayzer, tadbirkorlik subyektlari, mutlaq huquqlar, tovar belgisi, shartnomadan oldingi dastlabki kelishuvlar, bir tomonlama voz kechish, ro‘yxatdan o‘tkazish.

Jurnaldagi sahifalar: 513 - 534

Yuklab olish