Muallif: Asrorov, Ilg‘or Fayzi o‘g‘li
Annotatsiya: Chet tilini o‘qitish va o‘rganish jarayonida shaxsning o‘z individual xususiyatlari mavjud ekanligi va sin xonasida bularni hisobga olish kerak ekanligi muhim. Chet tilini o‘rgatayotgan pedagog sinf xonasidagi shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olmasligi ushbu jarayonning qiyinlashuvi va talaba yoki o‘quvchining imkoniyatlaridan keng foydalana olmasligiga olib keladi. Shu ma’noda, til o‘rganuvchisining o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlari pedagog e’tiborga olishi kerak bo‘lgan va o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan omildir. Ushbu maqola til o‘rganuvchilarning eshitib, tinglab, boshdan kechirib o‘rganish va kuzatish orqali erishiladigan natijalar va individual xususiyatlarning ahamiyati haqida so‘z yuritadi. Til o‘rganuvchilarda bo‘lgan xususiyatlar va ularning xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan usullarning samarali tomonlari va kamchiliklari mushohada qilinadi.
Kalit so'zlar: individual xususiyatlar, ko‘rib o‘rganish, tinglab o‘rganish, kuzatib o‘rganish, qabul qilish ko`nikmasi, ma’lumotlarni qabul qilish.
Jurnaldagi sahifalar: 1132 - 1139