03.04.2022
550
CHIZMA DARSLARIDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH

Muallif: Shafoatov, Zokir Javliyevich; Sharipova, Sharofat Nurqobilovna

Annotatsiya: Chizmachilik fani boshqa fanlar qatoridagi fan bo’lishi bilan birga nazariy egallangan bilimni amaliyotda chizib, tasvirlab berishi bilan farqlanadi. Buni amalga oshirish uchun esa mavzuni anglashi, tushuna bilishi, tasavvur qila olishi bilan birga chizmada aniqlik bilan chiza olish ko’nikmasini shakllantirishi lozim. Maqolada maktab ta’limida chizmachilik fanini o’qitishida o’quvchilarning fanga qiziqishlarini uyg’otish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini erta aniqlash maqsadida dars davomida o’qituvchi e’tiborga olishi kerak bo’lgan jihatlar va tavsiyalar nazarda tutilgan.

Kalit so'zlar: ijod, ijodiy qobiliyat, qiziqish, fazoviy tasavvur, tafakkur, iste'dod, dizayn, grafik tasvir, loyiha, aqliy mexanizm, kognitiv vazifa, chizma.

Yuklab olish