04.11.2022
299
CHIZMACHILIK DARSLARIGA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY QILISH

Muallif: Mamatov, Dilshod Xasanovich

Annotatsiya: Ma’lumki, oʻquvchilarning grafik ta’lim asoslari bilan tanishtirish va uning egallash jarayoni maktab chizmachilik kursi mazmuni orqali amalga oshiriladi. Maktab chizmachilik kursi mazmuni: oʻquvchilarning texnikaviy tafakkurini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ijodiy va bilish faoliyatini faollashtirish, umumiy hamda politexnik bilimlarni chuqur egallash, tabiat va texnikani koʻrgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-belgili modellash vositasida ularning tuzilishi hamda fazoviy munosabatlarni chuqurroq bilish, shu bilan birga koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab oʻrganish kabi bir qator jarayonlarni oʻzida aks ettiradi. Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik darslariga o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy qilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, unda chizmachilik darslarida ma’lumotlarni tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish metod va vositalarini qo‘llash bo‘yicha aniq misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ajraladigan birikma, ajralmaydigan birikma, birikma, fikr, chizmachilik, ma’lumot, metod, tushuncha, uslub, vosita, o‘quvchi.

Jurnaldagi sahifalar: 131 - 137

Yuklab olish