21.01.2025
12
“ChO‘LPONNING MUNOJOTLARI”GA TAXMISLAR

Muallif: Bazarova, Xolida Ergashevna

Annotatsiya: An’anaviylik, izdoshlik, vorisiylik hodisalari adabiyotshunoslikda turli jihatlarga ko’ra o’rganiladi. Ijodkorlar o’zlarigacha yashab o’tgan shoirlarga ergashib, ularda kuchli hayajon uyg’otgan, ilhomlantirgan asarlardan ta’sirlanib, o’xshash namunalar yaratadilar. Ana shu jarayonda an’analar yuzaga keladi; tatabbu’, nazira san’atlari qo’llanib, javobiya, taxmislar yoziladi. Alisher Navoiy bu ishning mashaqqati va mas’uliyatini badiiy til bilan “sher panjasiga panja urmoqdir” deya ta’kidlagani bejiz emasdi. Maqolada adabiyotshunos olima, iste’dodli shoira Nodira Afoqova Abdulhamid Cho’lpon she’rlariga bitgan taxmislarida tatabbu’navislik san’ati, ularda mumtoz she’riyatga xos an’ana va vorisiylikning ifodalanishiga doir mulohazalar keltirildi. Abdulhamid Cho’lpon she’rlariga yozilgan naziralarning poetik xususiyatlari, nazira yaratish jarayonining vazn yoki janrga ta’siri yuzasidan o’rganilib, ilmiy va germenevtik usullariga ko’ra izlanish olib borildi. Shuningdek, salaf ifodalagan g’oyaning xalaf ijodida qay darajada ifodalanganligi, bunda ijodkorning san’atkorligi va mahoratiga baho berildi.

Kalit so'zlar: tatabbu’, nazira, an’anaviylik, taxmis; aruz , hazaj va ramal bahrlari; g’azal, tab’i xud muxammaslar; barmoq vazni, qofiya, radif; istiora badiiy tasvir vositalari.

Jurnaldagi sahifalar: 33 - 50

Yuklab olish