23.02.2023
445
CORPUS-BASED APPROACH IN LEARNING COLLOCATIONS IN INFORMATION-COMMUNICATION TECHNOLOGIES (ICT)

Muallif: Kadirbekova, Durdona

Annotatsiya: Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP) o'qituvchilari o'z talabalariga qanday leksik birliklarni o'rgatish kerakligini hal qilishda ko'pincha dilemmalarga duch kelishadi. Axborot kommunikatsiya texnoloyalari (AKT) sohasida bu borada istisno yo'q. Tadqiqot maqolalaridan tashkil topgan AKT korpusi AKT talabalari va o'qituvchilari uchun yordamchi manba bo’lishi mumkin. EFL kontekstlarida, aniq maqsadlar uchun ingliz tili ko'pincha o'quvchilar uchun katta ahamiyatga ega, asosan uning ko'p fanli jihati tufayli o'quvchilar uchun so’z birikmalarni bilish ayniqsa muhimdir. O'zdemir ta'kidlaganidek, muvofiqlik chiziqlari (concordances) ixtisoslashgan maxsus birikmalarni kuzatish imkonini beradi. Misol uchun, ESP korpusidan aniqlangan birikmalar hamshiralik, tibbiyot va turizm kabi fanlarni o'rganishni osonlashtirishga xizmat qilgan; ammo Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun korpus hali mavjud emas. Ushbu AKT korpusini yaratish bevosita o'qituvchilarga sohaga oid hamkorlikni kengaytirish, aloqani rivojlantirish, hisobot yozish va talqin qilishda yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi 803 294 so'zli AKT korpusida ko’p uchraydigan maxsus ixtisoslashtirilgan birikmalar ro'yxatini aniqlash, tahlil qilish va tuzishdir. Maqolada AKT uchun yaratilgan ixtisoslashtirilgan mahsus korpus bayon etiladi. Tadqiqot va pedagogika uchun axamiyati muhokama qilinadi. Ant Conc ma'lum kasblarda uchraydigan yangi so'zlarni o'rganishga yordam beradi, korpusning funktsiyalari ham so'zlarning ma'nolarini va sinonimlar orasidagi farqni aniqlashda yordam beradi, shuning uchun o'quvchilar nutqda va matnlarni yozishda semantik jihatdan eng mos so'zlardan foydalana oladilar. Korpusdan foydalanish lug'at yaratishda, mavjud lug’atlarni professional terminlar bilan to'ldirishga yordam beradi. Ushbu maqolada biz AKT tadqiqot maqolalarining ESP korpusi orqali AKTda tez-tez qo’llaniladigan birikmalarni aniqlash bilan bog'liq jarayonlarning tavsifini taqdim etdik. Chet tillarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishni tartibga soluvchi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishda shu kabi korpus katta ahamiyatga ega va bu O‘zbekiston Respublikasi AKT sohasining kelajakdagi rivojlanishida shubhasiz o‘z ifodasini topadi.

Kalit so'zlar: korpus qurish, AKT so’z birikmalari, korpusga asoslangan lug'atlar ro'yxati, ingliz tilini o'qitish, maxsus maqsadlar uchun ingliz tili, AKT bo'yicha tadqiqot jurnallari.

Jurnaldagi sahifalar: 432 - 446

Yuklab olish