17.04.2022
511
COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA BOLALAR VA O‘SMIRLARNING KUN TARTIBI VA SALOMATLIK HOLATI

Muallif: Salomova, Feruza Ibodullayevna; Xakimova, Durdona Saidinovna; Ashurboyev, Farruxjon Alisher og‘li; Toshmatova, Go‘zal Adilxodjayeva

Annotatsiya: Maqola ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan holda tahlil etilgan bo‘lib, 2019- yilda namoyon bo‘lgan karonavirus kasalligi tufayli joriy etilgan pandemiyaning bolalar va o‘smirlar organizmida salomatlik holatining rivojlanishi bilan bir qatorda ularning kun tartibiga ta’sir etilgan salbiy va ijobiy ko‘rsatgichlari alohida mustahkam gigiyenik, fiziologik va statistik tomondan o‘rganildi. Tadqiqotga Toshkent viloyati Angren shahri 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-11 sinflarda ta’lim olayotgan jami 203 nafar 14-18 yoshdagi bolalar va o‘smirlar jalb qilindi. Ilmiy ish ko‘rsatmalar asosida bolalar organizmining jismoniy rivojlanishi, o‘quvchilarnig pandemiya vaqtida kun tartibidagi turli o‘zgarishlar xususan, taomnomalari, sport va jismoniy rivojlanishi, kasalliklarga chalinish holatlari, tana vaznlaridagi o‘zgarishlar, vaqtning kun tartibiga taqsimlanishi, bajarilgan mashg‘ulotlar haqida bayon etiladi. Ushbu ilmiy risolaga pandemiyaning bolalar va o‘smirlar organizmiga ta’sir qilgan turli ijobiy va salbiy omillari haqida ma’lumotnoma sifatida taqdim etiladi.

Kalit so'zlar: Pandemiya, COVID-19, koronavirus, salomatlik holati, jismoniy rivojlanish, kun tartibi, bolalar va o‘smirlar, an’anaviy ta’lim, masofaviy ta’lim.

Jurnaldagi sahifalar: 465 - 474

Yuklab olish