28.04.2022
579
COVID-19 PANDEMIYASINING JAHON SIYOSATIGA TA’SIRI

Muallif: Shermatov, Avazbek Gofurovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada Covid-19 pandemiyasining jahon siyosatiga va iqtisodiyotiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Pandemiya globalizatsiya jarayoniga salbiy ta’sir qilib, xalqaro savdo va integratsiya jarayonlari sekinlashuviga sabab bo‘ldi. Pandemiyaga qarshi kurashish davomida jahon iqtisodiyotining kamchiliklari yaqqol namoyon bo‘ldi. Xalqaro munosabatlarda an’anaviy davlatning o‘rni mustahkamlanishi bilan birga xalqaro tashkilotlarning roli pasayib bormoqda. Koronavirus inqirozidan keyingi dunyo tartibi qanday bo‘lishi haqida olimlar turli hil fikrlar bildirishmoqda. Maqolada muallif yuqoridagi masalalarni atroflicha tahlil qilishga harakat qiladi. Maqoladan asosiy xulosa shuki, Covid-19 hozirgacha shakllangan dunyo siyosiy tartibiga kuchli ta’sir o‘tkazsada, uning asoslarining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘la olmaydi.

Kalit so'zlar: Pandemiya, jahon siyosati, iqtisodiyot, globalizatsiya, xalqaro munosabatlar, integratsiya, koronavirus

Jurnaldagi sahifalar: 129 - 137

Yuklab olish