05.02.2026
23
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA INFRATUZILMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Muallif: Begimkulova, Sevara Nurmamatovna

Annotatsiya: Tadqiqotda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda infratuzilmaning iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib berilib, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, xususan O‘zbekiston sharoitida davlat byudjetiga ortiqcha yuk tushmasdan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurati asoslab beriladi. DXShning nazariy asoslari agentlik va tranzaksiya xarajatlari nazariyalari doirasida yoritilib, risklarni samarali taqsimlash va loyihalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash tamoyillari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: davlat-xususiy sheriklik, infratuzilma loyihalari, loyiha moliyalashtirish, xalqaro moliya institutlari, milliy valyutada moliyalashtirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Jurnaldagi sahifalar: 305 - 310

Yuklab olish