Muallif: Давранов, Хусниддин Бахранович
Annotatsiya: Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashni xorijiy davlatlarning muvaffaqiyatli namunalari asosida amalga oshirish yo‘llari ochib berilgan. Xalqaro tajribani o‘rganish va uni inobatga olish O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xatolarning oldini olishga yordam beradi. Xususan, Yaponiya, AQSh, Singapur va Xitoy kabi davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasi o‘rganildi. Korrupsiya holatini o‘rganuvchi xalqaro reytinglarga ko‘ra, bu davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida eng katta muvaffaqiyatga erishgan hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashda bir qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qo‘llash orqali mazkur ijobiy natijalarga erishdi. Shu bilan birgalikda, shuni ta’kidlash kerakki, o‘tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda elitaning siyosiy irodasi o‘ta muhim hisoblanadi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishning me’yoriy-huquqiy asoslariga alohida e’tibor qaratilgan. Shunday qilib, turli mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash turli qonunlar, aktlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, tadqiqotda so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bu sohada amalga oshirilgan ishlar qayd etilgan.
Kalit so'zlar: korrupsiya, aksilkorrupsiya faoliyati, hukumat apparati, korrupsiyaga qarshi kurash usullari, milliy xavfsizlik