14.05.2026
53
DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA DENTAL IMPLANTATSIYA SAMARADORLIGI

Muallif: Nazarov, Umidjon Usmon o‘gʻli

Annotatsiya: Mazkur maqolada qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda dental implantatsiya samaradorligi ilmiy-nazariy va klinik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi glyukozani nazorat qilish darajasining dental implantatsiya natijalari, xususan, osteointegratsiya jarayoni, implant barqarorligi va peri-implantit rivojlanish xavfiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Prospektiv klinik kuzatuv asosida 80 nafar bemor ikki guruhga ajratildi: HbA1c darajasi ≤7% bo‘lgan nazoratli diabet guruhi hamda HbA1c darajasi ≥8% bo‘lgan nazoratsiz diabet guruhi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, glyukemik nazorat yaxshi ta’minlangan bemorlarda implant muvaffaqiyati yuqori, peri-implantit rivojlanish xavfi esa nisbatan past bo‘ladi. HbA1c darajasining ortishi implant muvaffaqiyati ko‘rsatkichlarining pasayishi va osteointegratsiya jarayonining susayishi bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Olingan natijalar diabetik bemorlarda dental implantatsiyani rejalashtirishda metabolik holatni baholash va individual klinik yondashuvni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: dental implantatsiya, osteointegratsiya, qandli diabet, glyukozani nazorat qilish, peri-implantit, metabolik holat, HbA1c, implant barqarorligi.

Jurnaldagi sahifalar: 262 - 266

Yuklab olish