Muallif: Хожабеков, Муфтулла Жолмурза улы
Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda o'rindoshlik asosida ishni mehnat qonunchiligi bilan tartibga solish va huquqni qo'llash amaliyoti ko'rib chiqiladi. Ushbu maqolada o'rindoshlarning huquqiy xususiyatlariga, xususan, o'rindoshlik asosidagi mehnat tushunchasi, o'rindosh xodimlarning huquqiy maqomini aniqlash, ularni ishga qabul qilish, mehnatga haq to'lashning o'ziga xos xususiyatlari, kafolatli va kompensatsion to'lovlarga, shuningdek ushbu toifadagi shaxslar bilan mehnat munosabatlarini tugatish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Muallif o’rindosjlik asosidagi ishga mehnat huquqi fanida va amaliyotda turli xil yondashuvlarni tahlil qiladi. Ularning mehnatini o’rganish jarayonida muallif bir qator usullardan, shuningdek, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan amaliy tajribadan foydalangan.
Kalit so'zlar: o’rindoshlik asosidagi ish, o’rindoshlik asosidagi ishning maksimal ish vaqti, o’rindoshlarning mehnatga haq to’lashning o’ziga xos xususiyatlari, o’rindoshlarning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik davrida nafaqalarni to’lash.
Jurnaldagi sahifalar: 400 - 409