28.01.2026
59
“DORIAN GREYNING PORTRETI” ASARINING O‘ZBEK TILIDAGI TARJIMASIDA TARJIMA STRATEGIYALARI

Muallif: Abdurazakova, Xushnoza

Annotatsiya: Mazkur maqola tarjimon Ozod Sharaffidinovning mahorati va tarjimada so‘z qo‘llash san’atining pragmatik va semantik xususiyatlari tahliliga asoslangan. Tahlil jarayonida asliyat, vositachi til rus tili hamda o‘zbek tillariga tarjimalari o‘zaro qiyoslanadi va tarjimada tilning pragmatik hamda semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Qiyosiy tahlil orqali semantik moslik, so‘zlarning funksional jihatlari misollar asosida izohlanadi, ular misolida tarjimoning individual uslubi va o‘ziga xos strategiyasi namoyish etiladi. Tahlil jarayonida Ozod Sharaffidinov o‘zbek tilidagi tarjimada neytral birliklardan ko‘ra obrazli va ekspressiv ifodalarni tanlab, kerakli atmosferani yaratgani, bu orqali asliyatdagi tanqidiy va badiiy ohangni kuchaytirishga erishilgani kuzatiladi.

Kalit so'zlar: prgamatik, semantik xususiyatlar, lug‘aviy ma’no, obrazlilik, badiiy ifoda, ekvivalent.

Jurnaldagi sahifalar: 121 - 126

Yuklab olish