17.07.2022
512
DYUI VA XU SHI PRAGMATIZM FALSAFASINING UMUMIYLIGI VA O’ZIGA XOSLIGI

Muallif: Sulaymonov, Zufarali Baxtiyor o’g’li

Annotatsiya: Pragmatizm ontologiyada an’anaviy metafizikani rad etadi va reallik mavjudligi subyektdan farq qiluvchi transsendental mohiyat emas, balki subyekt ijodiy faoliyatning belgisi bilan ifodalangan insonparvarlashgan reallik ekanligini taxmin qiladi. Bu nuqtayi nazar bilish obyektining ta’rifi bilan cheklanadi. Pragmatizmga ko‘ra, “bilishning obyekti – bu tafakkurdan kelib chiqadigan narsa emas, balki tafakkurda mavjud bo‘lgan so‘ngi nuqtadir; u tadqiqot jarayoni va fikrlar mazmunini isbotlash mahsulidir” . Bilish nuqtayi nazaridan, bilish mavzusi boshlang‘ich deb hisoblanishi qiyin. Faqat boshlang‘ich olam haqiqiy olamga aylanganda u reallikning kognitiv obyekti bo‘ladi va haqiqiy olam umumlashtirilgan kognitiv jarayon orqali amalga oshiriliadi. Pragmitizm bilish obyekti tadqiqot boshlanishidan oldin mavjud emas deb hisoblaydi va mazkur nuqtada bu aniq ko‘rinadi.

Kalit so'zlar: Obyekt, subyekt, tajriba, bilish, mulohaza, fikrlash, empirizm, haqiqat, dao konsepsiyasi.

Jurnaldagi sahifalar: 279 - 288

Yuklab olish