23.07.2025
19
EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHIDA OLIMLARNING FIKRLARI

Muallif: Madaminova, Zarnigor Baxtiyor qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada ekologiya fanining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, ilmiy shakllanishi va ekologik tafakkurning shakllanishida muhim rol o‘ynagan olimlarning ilmiy qarashlari yoritilgan. Ekologiya dastlab biologik fan sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan u ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq kompleks fan sifatida rivojlandi. Maqolada Arisoteldan boshlab, E. Gekkel, K. Myobius, V. Vernadskiy, A. Tensli, Yu. Odum kabi yetuk olimlarning ekologik qarashlari yoritilib, ularning bugungi zamonaviy ekologik yondashuvlarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ekologik muammolarning chuqurlashuvi ekologiya faniga yangi yondashuvlarni talab qilayotgani ta’kidlanadi

Kalit so'zlar: Ekologiya, rivojlanish bosqichlari, E. Gekkel, biosfera, ekologik tafakkur, V. Vernadskiy, Yu. Odum, ekologik muammolar, tabiiy muhit, fanlararo yondashuv.

Jurnaldagi sahifalar: 174 - 179

Yuklab olish