04.02.2023
448
ELEKTROMOBILLARNING AKKUMULYATOR BATAREYALARINING QIYOSIY TAHLILI

Muallif: Shavkatov, Xumoyun Qahramon o‘g‘li; Turgunov, Diyor Sherbekovich; Ochilov, Abdulaziz Madatovich

Annotatsiya: Yuqori kuchlanishli akkumulyator batareyalari elektromobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Akkumulyator batareyalarining parametrlari avtomobil komponentlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Batareya kimyoviy energiyani elektr energiyasiga (razryadlanish paytida) va elektr energiyasini kimyoviy energiyaga (zaryadlash paytida) aylantiradigan bir yoki bir nechta elektrokimyoviy elementlardan iborat. Elektromobillarda bir nechta turdagi akkumulyatorlardan foydalaniladi. Ushbu maqolada zamonaviy elektromobillarni loyihalashda ishlatiladigan akkumulyator batareyalarini qiyosiy tahlili keltirilgan. Elketromobillarda ishlatiladigan akkumulyator batareyalarini afzalligi, kamchiligi hamda ularning ulanish sxemalari rivojlanish istiqbollari tahlili yoritilgan.

Kalit so'zlar: Elektromobil, akkumulyator batareyasi, kuchlanish, sig’im, ichki qarshilik, kimyoviy reaksiya, zaryad, razryad, ulanish guruxi, ishchi temperatura.

Jurnaldagi sahifalar: 380 - 385

Yuklab olish