26.12.2022
228
ELEKTROTEXNIKA FANINING “ENERGIYA TEJAMKOR TRANSFORMORLAR” MAVZUSINI INTERFAOL USULLAR VOSITASIDA O’TISH

Muallif: Ахмеdov, Аbduraxmon; Xudoyberganov, Sardorbek; Bozorov, Muhammadyakub

Annotatsiya: Zamonaviy ta’limning asosiy vazifasi o’quvchiga nafaqat fundamental bilim berish, balki unga keyingi ijtimoiy moslashish, o’z-o’zini tarbiyalash tendensiyasini rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlashdir. Hozirgi o’qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri o’quv jarayonini o’quvchilar uchun qiziqarli, dinamik va zamonaviy qilishdir. Bunda esa o’qituvchilarga interfaol texnologiyalar yordamga keldi. O’qitishda eng yangi texnologiyalardan foydalanish ko’rinishni oshiradi, materialni idrok etishni osonlashtiradi. Bu o’quvchilarning motivatsiyasiga va o’quv jarayonining umumiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois oliy texnika ta’lim muassasalari talabalari uchun interfaol o’qitish metodlarini ishlab chiqish vazifasi O’zbekiston Respublikasi uchun dolzarb hisoblanadi. Shu maqsadda “Elektrotexnika va elektronika” fanining “Energiya tejovchi transformatorlar” mavzusidagi mashg’ulotlarda quyidagi interfaol o’qitish usullaridan foydalanish taklif etiladi: aqliy hujum, Venn diagrammasi, klaster, atamalar zanjiri va “SWOT – tahlil”.

Kalit so'zlar: interfaol usullar, energiya tejovchi transformator, aqliy hujum, klaster, Venn diagrammasi, atamalar zanjiri, SWOT tahlili.

Jurnaldagi sahifalar: 760 - 768

Yuklab olish