Muallif: Rabbimova, Yulduz Karshiboy qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida emotiv birliklarning kommunikativ va nutqiy strategik vazifalarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida har ikkala tilning emotiv birliklari leksik-semantik, pragmatik va kommunikativ jihatdan o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ingliz tilida emotiv birliklar ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq ifodalanadi, bu madaniyatdagi ochiqlik va individualizmga mos keladi. O‘zbek tilida esa emotiv birliklar asosan bilvosita, yumshoq shaklda ifodalanib, muloqotda hurmat va kollektivizm qadriyatlariga asoslangan. Ushbu tadqiqot emotiv birliklarning kommunikativ jarayonlarda qanday rol o‘ynashini, shuningdek, har ikkala tildagi nutqiy strategiyalarning madaniy omillarga bog‘liqligini ochib beradi.
Kalit so'zlar: Emotiv birliklar, kommunikativ strategiyalar, nutqiy strategiyalar, ingliz tili, o‘zbek tili, bilvosita ifoda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda, leksik-semantik tahlil, madaniy omillar.
Jurnaldagi sahifalar: 332 - 340