Muallif: Jurayeva, Zulayxo Islomovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada epoksi qatronining turlari, undan qanday usulda qo‘llanilishi, qanday buyumlar yasalishi va ulardan nima maqsadda foydalanish mumkinligi hamda lavh tayyorlash texnologik ketma-ketligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Jumladan, epoksi qatroni asosida lavh tayyorlash usulini o‘rgatish texnologiyasining o‘ziga xos jihati batafsil tahlil qilingan. Ilgari epoksi qatronidan faqat yelim sifatida foydalanilganligini qayd etish joiz. Bugun shiddat bilan taraqqiy etayotgan texnologik jarayonlar epoksi qatronidan turli buyumlar yasash uchun zamin yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, epoksi qatronidan foydalanishning yangi ufqlarini ochmoqda.
Kalit so'zlar: epoksi qatroni, epoksi yelimi, lavh tayyorlash texnologiyasi, otverditel (qattiqlashtiruvchi), qolip, Resin Art, san’at.
Jurnaldagi sahifalar: 50 - 56