Muallif: Ergasheva, Feruza; Sulaymonov, Jasur
Annotatsiya: Mazkur maqola Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlar sirasiga kiruvchi Zubdat ut-tavorix haqida bo‘lib, asar Xiva xoni Rahimqulixon taklifi bilan yozilganligi uchun undagi voqealar Rahimqulixon tug‘ilishidan to vafot etgunga qadr bo‘lgan voqea-hodisalarni o‘z ichiga oladi. Asardagi voqea hodisalar ham badiiy, ham tarixiy usulda yozilganligi bilan badiiy va tarixiy qimmati ustundir. Asarning juda qimmatli manba ekanligini bugungi kunda bu asarga bo‘lgan qiziqishlar nafaqat o‘zbek, balki dunyo olimlarining ham tadqiqot markazida turishi va tadqiq etilishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham asar tarixiy voqealarni to‘liq va mufassal ifodalab beruvchi badiiy-tarixiy solnomadir.
Kalit so'zlar: Ogahiy, Jabborov.N, Bartold.V.V, Karimov.G‘, Dolimov.S, E.Ollvors, Y.Breygel, “Ogahiyning tarjimonlik mahorati”, “Zubdat ut-tavorix”, “История културной жизни Туркестана”, “Uzbek literary polities” ( “O‘zbek adabiy siyosati” )