Muallif: Xodjimuratova, Dilshoda
Annotatsiya: Maqolada Erondagi prezidentlik saylovlarining mamlakat siyosiy tizimidagi o‘rni va ushbu siyosiy muvozanatga ta’siri tahlil qilinadi. Eron saylov tizimi demokratik jarayonlar va konservativ nazorat o‘rtasidagi murakkab muvozanatni aks ettiradi. Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish Kuzatuv kengashi tomonidan nomzodlarni tasdiqlash bilan cheklangan. Maqolada tarixiy voqealar va prezidentlik saylovlari jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan. 1980-2024-yillar mobaynida hukumat tepasiga kelgan prezidentlarning saylovoldi kampaniyalari hamda tarixiy shart-sharoitlar muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: Eron. saylov tizimi, prezidentlik saylovlari, Kuzatuv kengashi, konservatorlar va islohotchilar, siyosiy raqobat.
Jurnaldagi sahifalar: 361 - 370