Muallif: Azimov, Habibulloxon Yakubovich
Annotatsiya: Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharq mintaqasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga to‘g‘rida ta’sir o‘tkazadi. 1979-yildan keyingi ikki davlat o‘rtasidagi raqobat, nafaqat siyosiy balki diniy ko‘rinish kasb etib bordi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning salbiy tomonga o‘zgarishi natijasida sunniy va shia mazhabi o‘rtasidagi tarixiy qarama-qarshilik qaytadan olov oldi. Ushbu maqolada Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarining tarixi va zamonaviy holati haqida atroflicha bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Qirol Faysal, Eron inqilobi, shia-sunniy raqobati, xavfsizlik halqasi, Ka’ba bosqini, vahhobiylik, o‘n ikki imomchilik.
Jurnaldagi sahifalar: 857 - 863