30.07.2022
538
FARG‘ONA – FRONT ORTIDA: GIDROQURILISH, AGRAR INQILOB, ATEIZM VA BAYNALMILALLIK

Muallif: Qurbonov, Hikmatillo Rahmatillo o‘g‘li

Annotatsiya: 1939-1945-yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga ko‘plab kulfat keltirgan. Ayniqsa, urush frontlaridagi ahvol bilan bir darajada turgan front orti xizmatlarini haqiqiy jang maydoni bilan tenglashtirsak arziydi. Farg‘ona vodiysi urush davrida bir talay sohalarda o‘z jonbozligi namoyish eta oldi. Chunonchi, texnologik, diniy, gidro va agrarqurilish, insonparvarlik kabi jihatlarni aytib o‘tish joiz. Vodiy aholisi ma`naviy va diniy kamsitilishlarga uchradi. Biroq o‘z mentalitetini saqlab qoldi. Istiqlol davrida ularning xizmatlari munosib baholandi. Dastlab, vodiyliklar hamda butun o‘zbek xalqi mehnati mahsuli bo‘lgan Katta Farg‘ona kanali rekonsturksiyalari amalga oshirildi. Suv yo‘lining agrar va boshqa sohalar uchun yetarli bo‘lgan jabhalarida ishlar amalga oshirildi. XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek millatiga qilingan diniy zulmni va eng dahshatli oqibatlarni keltirib chiqargan agrar to‘ntarishlarning o‘rnini to‘ldirish uchun bir necha yillar kerak bo‘ldi. Urushning har yilida yurtimizga evakuatsiya qilingan minglab insonlarga ko‘mak berish xalqimizning matonatini isbot qildi. Farg‘ona vodiysi front orti emas, “jang maydoni”ga aylandi.

Kalit so'zlar: kollektivlashtirish siyosati, Katta Farg‘ona kanali, xudosizlar yacheykasi, korxonalar qurilishi va evakuatsiya, mehribonlik uyi, qishloq xo‘jalik arteli, baynalmilallik, gidrotexnika, “Chimyon” neft bazasi.

Jurnaldagi sahifalar: 568 - 580

Yuklab olish