Muallif: Jalolov, Iqboljon Jamolovich; O’rmonov, Dadaxon G’olibjon o’g’li; Ashurova, Mahfuza Raxmonjon qizi; Mamatboyev, Furqatjon Mahammadovich
Annotatsiya: Farg’ona viloyatining turli hududlaridan to’plangan Mentha Asiatica o’simligi tarkibiga kiruvchi efir moylari o’rganildi. Efir moylari suv bug’i bilan distillash orqali ajratib olindi, so’ngra Gaz xromatografiya-mass spektroskopiya usuli bilan analiz qilindi. Shu bilan birga, namunadagi umumiy fenol birikmalar miqdori ham ma’lum usullar bo’yicha aniqlandi.
Kalit so'zlar: Mentha Asiatica, piperiton, 1,8-sineol, karvon, izomenton, GX-MS, Folin-Chiokalteu reagenti
Jurnaldagi sahifalar: 189 - 193