Muallif: Yusupova, Zohidaxon Abdumalikovna
Annotatsiya: So‘nggi yillarda dorivor o‘simlik turlari xomashyolarining mahalliy va sanoat ishlab chiqarishiga keng jalb etilishi ularning biologik xususiyatlarini o‘rgangan holda ko‘paytirish choralarini ishlab chiqish va zaxiralariga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish zaruriyati kelib chiqmoqda. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi Yalpizkabilar kichik sinfi, Yalpiznamolar qabilasiga mansub yer yuzidagi eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Uning vakillari asosan issiq va mo’tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Lamiaceae oilasi turlarining xalq xo’jaligida foydalanilishi va ishlatilishi bo’yicha tahlil qilinganda quyidagilar ma’lum bo’ldi, 238 turdan eng ko‘p 143 tur asal-shirali 60%, 69 ta dorivor 29%, 100 ta efir moyli 42%, 27 ta dekorativ, ya’ni manzarali 11,3%, 19 ta oziq-ovqat 8% ni tashkil qildi. Oilaga mansub 74 tur o‘simlikdan esa hozircha foydalanilmasligi ma’lum bo’ldi.
Kalit so'zlar: Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi, dorivor o‘simliklar, efir moyli o‘simliklar, manzarali o‘simliklar, asal-shirali o‘simliklar
Jurnaldagi sahifalar: 921 - 930