19.05.2025
32
FARG‘ONA–TOSHKENT ETNOMUSIQA NAMUNALARINING ESTETIK-FALSAFIY MOHIYATI VA MILLIY O‘ZLIKNI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI

Muallif: Yusupova, Nargiza Rustamovna

Annotatsiya: Maqolada Farg‘ona–Toshkent etnomusiqasining milliy o‘zlikni anglash va shakllantirishdagi muhim o‘rni yoritilgan. Muallif ushbu musiqiy an’analar orqali xalqning tarixiy xotirasi, o‘ziga xos dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlari qanday shakllanganini tahlil qiladi. Etnomusiqa nafaqat madaniy meros, balki jamiyatda milliy o‘zlikni saqlash va mustahkamlashning vositasi sifatida qaraladi. Etnomusiqaning estetik mohiyati maqolada chuqur yoritilib, undagi badiiy obrazlarning inson ruhiy olamiga ta’siri alohida ta’kidlanadi. Musiqa vositasida insonlar o‘z his-tuyg‘ularini, hayotga bo‘lgan munosabatini va orzu-umidlarini ifoda etadi. Bu holat Farg‘ona–Toshkent musiqiy maktabining o‘ziga xos uslubi, kuy va ohanglaridagi noziklik orqali anglashiladi hamda xalq estetik tafakkurining ifodasi sifatida baholanadi. Maqolada tarixiy va zamonaviy ilmiy manbalar asosida Farg‘ona–Toshkent etnomusiqasi maktabining madaniy barqarorlikdagi o‘rni va tarixiy meros sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi. Ushbu musiqiy meros avlodlar o‘rtasida madaniy uzviylikni ta’minlovchi omil bo‘lib, u nafaqat o‘tmishning ifodasi, balki hozirgi va kelajak avlodlar uchun ham ma’naviy tayanch hisoblanadi.

Kalit so'zlar: etnomusiqa, maqom, “Segoh”, “Munojot”, “Tanovar”, “Rohat”, “Bayot”, estetik tafakkur, milliy o‘zlik, Farg‘ona-Toshkent, xalq og‘zaki ijodi, tarbiya, madaniy meros, zamonaviylik va an’anaviylik.

Jurnaldagi sahifalar: 665 - 675

Yuklab olish