Muallif: Shermatova, Gulnoza Djumakuziyevna
Annotatsiya: Tabiat va jamiyatda barcha hodisa-yu hosilalar bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi hammaga ayon. Xususan, til fani birliklari ham o‘zaro chambarchas bog‘liq, ularning o‘xshash va farqli tomonlari mavjud. Ularning ayrim xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lsa, ba’zilari hamon o‘z tadqiqini kutmoqda. Bu fikrni graduonimiya va sinonomiya hodisalari haqida ham qo‘rqmasdan aytishimiz mumkin.
Kalit so'zlar: fe’l, darajalanish, “Muhokamat-ul lug‘atayn” asari, graduonomiya, sinonomik munosabat, ma’nodoshlik