19.10.2025
309
FIZIKAGA ASOSLANGAN SUN’IY INTELLEKT VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULLARI YORDAMIDA YER OSTI VA YER USTI SUVLARINING O‘ZARO TA’SIRI HAMDA IFLOSLANISH JARAYONLARINI RAQAMLI MODELLASHTIRISH VA XAVFSIZLIK JIHATIDAN BAHOLASH

Muallif: Nasridinov, Rustamjon Baxtiyorjon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda fizik qonuniyatlarga asoslangan sun’iy intellekt va matematik modellashtirish usullari yordamida yer osti va yer usti suvlarining o‘zaro ta’siri hamda ifloslanish jarayonlari raqamli shaklda modellashtirildi. Integratsiyalashgan yondashuv sifatida MODFLOW–MT3DMS fizik modeli va Physics-Informed Neural Network (PINN) sun’iy intellekt modeli qo‘llanildi. Tadqiqot obyekti sifatida Zarafshon vodiysi pasttekisligi tanlanib, suv sathi, oqim tezligi, nitrat ifloslanishi va biologik parchalanish jarayonlari tahlil qilindi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellektga asoslangan surrogat model fizik modelga nisbatan 12–20 barobar tezroq ishlaydi, aniqlik esa 95 % darajada saqlanadi. Sug‘orish intensivligi va harorat o‘zgarishi ifloslanish tarqalish dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, natijada infiltratsiya va diffuziya jarayonlari jadallashadi. Gibrid (AI+Physics) yondashuv orqali ekologik xavfsizlik bahosi, kontaminatsiya zonalari va suv resurslarini real vaqt rejimida boshqarish imkoniyati yaratildi.Tadqiqot natijalari suv resurslarini boshqarish, ekologik xavfsizlik monitoringi va raqamli egizak (Digital Twin) texnologiyalarini joriy etish uchun amaliy va ilmiy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, fizik modellashtirish, yer osti suvlari, yer usti suvlari, ifloslanish, adveksiya-diffuziya, surrogat model, PINN, raqamli egizak, ekologik xavfsizlik.

Jurnaldagi sahifalar: 106 - 121

Yuklab olish