05.11.2022
225
FOROBIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT TUSHUNCHASINING IFODALANISHI

Muallif: Yuldashev, Faxriddin Abduvasitovich

Annotatsiya: Baxt-saodat tushunchasining turli xil ma’nolarini maqsadli tahlil qilish o‘rta asrlarning buyuk mutafakkiri al-Forobiyga o‘zining fikrlash konsepsiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Ushbu tushunchani ilgari surgan Forobiy, shu bilan birga, fikrlash va borliqning o‘ziga xosligi dialektikasini nozik tarzda ochib beradi. Mutafakkirning ilmiy, falsafiy va ma’naviy-axloqiy qarashlarining kognitiv faoliyati masalasi insonning baxt-saodatga erishuvi nuqtai-nazari bilan bog‘liq tarzda muhokama qilinadi. Al-Forobiy ta’limotida yoritilgan qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish va hayotga tatbiq etishning ahamiyati yangilanayotgan O‘zbekiston jamiyatini barpo etishning asosiy maqsadi va barkamol shaxsni tarbiyalash jarayoni sifatida ilmiy asoslangan. Ushbu maqolada “Ikkinchi Muallim” Abu Nasr Forobiyning falsafiy merosida baxt-saodatga erishuvning nazariy-metodologik asoslari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: baxt, saodat, davlat, oqil rahbar, jamiyat farovonligi, inson xulq-atvori, yaxshilik, barkamol avlod

Jurnaldagi sahifalar: 528 - 533

Yuklab olish