16.03.2025
85
FOTON-ELEKTRON O‘ZARO TA’SIRIDA KOMPTON SOCHILISHINING RELATIVISTIK ASOSLARI

Muallif: Muminov, Islomjon Arabboyevich; Xudoynazarov, Og‘abek Xusanboy o‘g‘li; Ahmadjonova, Diyoraxon Bahromjon qizi; Asqarov, Hojiakbar Orifjon o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada Kompton effekti va uning yorug‘likning kvant tabiati bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Yorug‘likning to‘lqin-zarracha dualizmi doirasida Kompton sochilishining nazariy va eksperimental asoslari yoritilib, uning klassik elektromagnit to‘lqin nazariyasi bilan izohlab bo‘lmasligi asoslanadi. Foton va elektron o‘rtasidagi to‘qnashuv natijasida rentgen nurlarining to‘lqin uzunligining ortishi kvant mexanikasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilib, Kompton tenglamalari orqali matematik asoslari keltiriladi. Ushbu hodisaning fundamental ahamiyati, ayniqsa, yuqori energiyali nurlanish va zarrachalar fizikasi kontekstida muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Kompton effekti, foton, kvant mexanikasi, to‘lqin-zarracha dualizmi, sochilish nazariyasi, rentgen nurlari, yorug‘likning kvant tabiati, zarrachalar fizikasi.

Jurnaldagi sahifalar: 221 - 226

Yuklab olish