27.11.2022
424
GALILEY FAZOSIDA SIKLIK SIRTLARNI O’RGANISH NAZARIYASI

Muallif: Safarov, To’lqin Nazarovich

Annotatsiya: Ushbu ishda Galiley fazosidagi siklik sirtlar o’rganilgan bo’lib, Yevklid fazosidagi egarsimon sirt bilan solishtirilgan. Ya’ni Yevklid fazosidagi egarsimon sirtlar Galiley fazosida ikkita turga bo’linishi ko’rsatilgan. Yevklid fazosidagi giperbolik parabaloid galiley fazosida egarsimon va siklik sirt ekanligi misol sifatida keltirilgan. Unda Galiley fazosidagi sirtning vektor ko’rinishdagi tenglamasi, sirtning birinchi va ikkinchi kvadratik formalari, to’la egriliklari keltirilib chiqarilgan. Galiley fazosida siklik sirtlar oilasi yetarlicha yoritilgan. Oliy ta’lim muassalarida matematika fanlari ixtisosligi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning geometrik bilimlarini rivojlantirish uchun Yevklid va Galiley fazolarida egarsimon sirtlarni farqlash hamda ularning umumiy jihatlariga ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Yevklid fazosi, Galiley fazosi, noyevklid geometriyasi, egarsimon sirtlar, siklik sirtlar,sirt tenglamalari, birinchi va ikkinchi kvadratik formalar, to’la egrilik.

Jurnaldagi sahifalar: 605 - 614

Yuklab olish