Muallif: Sabirboyev, Sadriddin G‘ayrat o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropada advokatura institutining asoslari, manbalari, shakllanish tajribasi, tashkiliy mexanizmlari va advokatlarning kasbiy etikasini har tomonlama o‘rganish amalga oshirilgan. Maqolada qonun ustuvorligi va uning G‘arbiy Yevropa advokaturasining zamonaviy modelini shakllantirishga ta’siri haqidagi g‘oyalar tizimlashtirilgan. Advokatura institutini ta'minlash va yuridik yordam olish huquqini amalga oshirish mexanizmlarini ochib berilgan, G‘arbiy Yevropada advokatlarni tayyorlashning asosiy modellari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada G‘arbiy Yevropada advokatlik kasbining muhim xususiyatlari va huquqiy tabiatining yaxlit ko‘rinishi shakllantirilgan, G‘arbiy Yevropada advokatlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va advokatlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini batafsil tasniflashni amalga oshirilgan. Bundan tashqari maqolada G‘arbiy Yevropada advokatlik kasbini tashkil etish va advokatlarning kasbiy etikasi tahlili birlashtirilgan. G‘arbiy Yevropada advokatlarning kasbiy etikasining asoslari va tarkibi aniqlangan hamda batafsil ko‘rib chiqilgan; deontologik kodekslarning (advokatlarning kasbiy axloq kodeksi) mohiyati o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, maqolada G‘arbiy Yevropada advokatlarning ishonch bildiruvchi shaxslar, sud, prokuratura va boshqa advokatlar bilan ko‘p tomonlama munosabatlari o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar kiritilgan.
Kalit so'zlar: advokatura, advokatlik kasbi, G‘arbiy Yevropada advokatura, deontologik kodeks, yuridik yordam, Advokatlar palatasi.
Jurnaldagi sahifalar: 798 - 812