Muallif: Sevinchova, Marjona Ismatulloyevna
Annotatsiya: Mazkur maqolamizda globallashuvning xalqaro moliya bozorlariga ta’sirini kompleks tahlil qilish va zamonaviy moliyaviy integratsiya jarayonlarining xususiyatlarini о‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot "United Accounting Group" MCHJ faoliyati misolida olib borilgan empirik tahlil asosida global tendensiyalarning mikro darajadagi ta’sirini baholaydi. Dissertatsiyaning asosiy maqsadi globallashuvning xalqaro moliya bozorlariga kо‘rsatgan ta’sirini sistemli о‘rganish va bu jarayonlarning rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar uchun differensial xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida moliyaviy liberalizatsiya jarayonlari, kapital oqimlarining xalqaro dinamikasi, moliyaviy integratsiyaning chuqurligi va sistemali risklarning evolyutsiyasi kabi muhim masalalar chuqur tahlil qilindi.
Kalit so'zlar: globallashuv, xalqaro moliya bozorlari, moliyaviy liberalizatsiya, kapital oqimlari, moliyaviy integratsiya, sistemali risklar, moliyaviy barqarorlik, rivojlanayotgan mamlakatlar, rivojlangan mamlakatlar, risk boshqaruvi, moliyaviy texnologiyalar, fintech, moliyaviy inklyuziya, regulyativ siyosat, korporativ moliya
Jurnaldagi sahifalar: 354 - 361