22.10.2023
245
G’O’ZA POYASI QOBIG’IDAN SORBENT SIFATIDA FOYDALANIB OQAVA SUVLARNI TOZALASH

Muallif: Xudayberganov, Islom Aniyozovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada oqava suvlarni tozalashni adsorbsiya usuli haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan. Keltirilgan biosorbentlarga kimyoviy tarkibi o’xshash qulay funksiyanal guruhlarga ega g’oza qobig’idan foydalanilgan. Mexnik tozalangan g’oza poyasi qobig’i, aktivlangan g’o’za poyasi qobig’i namunalari tarkibi element analiz tahlili o’tkazildi. Olingan biosorbentni fizik-kimyoviy xossalari o’rganildi. Biosorbentni Ni(II) va Cu (II) ionlarini statik sharoitda suniy eritmadan yutish maksimal miqdori mos ravishda 52.92 mg/g va 114.86 mg/g ekanligi aniqlandi. Eritma konsentratsiyasi, sorbsiya davomiyligi va haroratning sorbsiya jarayoniga ta’siri o’rganildi. Biosorbentning metall ionilarini yutgan miqdori, eritmalarning UB-spektrofotometrdagi dastlabki va sorbsiyadan kiyingi nur sindirish ko’rsatgichlarini eritma kansentratsiyasiga bog’liqlik grafigi asosida xisoblab topildi. Aniqlangan metall ionlarining sorbent tomonidan yutilish kinetikasini o’rganib, sorbsiya jarayoni pseudo-birinchi tartibi (R2=0.97201) aniqlandi. Bundan sorbsiya jarayoni pseudo-birinchi kinetik modelga bo’ysunishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: biosorbent, g’o’za, sorbsiya, nikel(II) ioni, mis(II) ioni , paxta poyasi, spektrofotometr.

Jurnaldagi sahifalar: 160 - 166

Yuklab olish