Muallif: Jo‘rayev, Muxriddin Xasanovich
Annotatsiya: Ushbu maqola tasnif davrida hadis adabiyotining shakllanishida varroqlarning tutgan o‘rnini tahlil qiladi. Varroqlar asosan kitob istinsohi (nusxa ko‘chirish) bilan shug‘ullangan mutaxassislardir va ular xususan, hadis asarlarining keyingi avlodlarga yetib kelishida muhim vositachilar bo‘lgan. Maqolada dastlab varroq tushunchasining tarixiy evolyutsiyasi, tasnif davridagi hadis varroqlarining faoliyati va bu faoliyatning hadis adabiyotining shakllanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida, hadis merosining avlodlarga yetib kelishida varroqlarning ilmiy va madaniy hissasi muhim omil bo‘lib xizmat qilgani yoritiladi.
Kalit so'zlar: Hadis, tasnif, nusha, varroq, mustamli, kotib, bozor, kutubxona, mazhab, din, Shom, Bag’dod.
Jurnaldagi sahifalar: 443 - 454