12.06.2025
10
HAMZA IJODIDA O‘G‘UZ LAHJASI

Muallif: Baratova, Sevara

Annotatsiya: Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziy she’riyatida uchraydigan o‘g‘uz lahjasiga oid misollar ko‘rsatilgan. Uning nazmiyotida o‘g‘uz lahjasi elementlarining keng miqiyosda uchrashi isbotlangan. “Devoni Nihoniy”dagi she’rlarning til xususiyatlari o‘zbekcha so‘zlar bilan bir qatorda, forsiy va arabiy so‘zlar, o‘zbek tilining qarluq, qipchoq va o‘g‘iz lahjalariga oid bo‘lgan so‘zlardan tashkil topganligi. Shoir ijodida o‘g‘uz lahjasiga dahldor so‘zlar salkam 20 foizni tashkil qilishi. Shoir she’riyatining til boyligida o‘g‘uziy til unsurlarining mo‘l qo‘llanganining asosiy omillari dalillangan. “Devoni Nihoniy” she’riy to’plamidagi o‘g‘uzcha so‘zlarning morfologik, leksik tomonlari solishtirilgan. O‘g‘uz unsurlarning badiiy so‘z sifatida ishlatilganligi misollar orqali keltirilgan. Shoir qarluq lahjasiga oid so‘z-shakllarni o‘g‘uz lahjasining morfologik shakllariga solib istifoda qilganligi shoir mahoratini ifodasi sifatida dalillangan.

Kalit so'zlar: “Devoni Nihoniy”, o‘g‘uz lahjasi, lisoniy unsurlar, fonetik, morfologik, leksik.

Jurnaldagi sahifalar: 300 - 304

Yuklab olish