Muallif: Ismatullayeva, Mo‘tabar Xushvaqt qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sanskrit tilida so’z yasalish shakllari ko’rib chiqildi. Sanskrit tilida so’z yasalish usullari va tahlillari bo’yicha rus olimlarning fikrlari va ilmiy asarlari atroflicha o’rganildi. Sanskrit tilidagi morfologik so’z yasalish usuli tadqiq qilinib, bitta asosga sanskrit suffikslar qo’shilishi natijasida so’zning morfologik –semantik shakli tubdan o’zgarishi ish jarayonida ko’rib chiqildi. Hindiy tilida yangi so'zlar ikki jarayon natijasida paydo bo'lishi tadqiqot natijasida aniqlandi, ya’ni o'zlashtirilgan sanskrit so'z yasash elementlari yordamida yangi so'zlarni yaratish va semantik yangilanish - so'z tarkibini o'z ichiga olmasdan o'zgartirish (rasmiy (tarkibiy) transformatsiya) usuli orqali. Rus olimlarining fikriga ko’ra, neosanskritizmlar hindiy tilidagi so‘z yasalish tizimining tarkibiy qismi ekanligi aniqlandi.
Kalit so'zlar: morfologik so’z yasalishi, affiksal so’z yasaslishi, prefiks, suffiks, asos, bo’g’in, sanskritcha prefikslar, hindiycha prefikslar, neosanskritizm, o’zlashgan so’zlar, semantik neologizmlar, nominal hosilalar
Jurnaldagi sahifalar: 109 - 118