Muallif: Ismatullayeva, Mo‘tabar Xushvaqt qizi
Annotatsiya: Hindistonda axborot vositalari va matbuotning rivojlanishi davlat, jamiyat va madaniyatning ko‘plab jihatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Hindistonda eng mashhur gazetalar, shu jumladan Jansatta (Janata Satta) gazetasining o‘rni alohida. Gazeta nafaqat siyosiy va ijtimoiy masalalarni yoritishi bilan, balki gender masalalariga ham o‘ziga xos yondashuvi bilan tanilgan. Ushbu maqolada Hindistondagi jurnallarda gender masalalarining yoritilishi misolida Jansatta gazetasining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishni maqsad qilganmiz. Genderni yoritishda matnlarning qanday xususiyatlari mavjudligini aniqlash, Hindiston matbuotidagi gender tengligi va stereotiplari haqida yoritilgan fikrlarni tahlil qilish, gazetaning o‘zi va uning jurnalistik uslubi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqamiz.
Kalit so'zlar: Media, gender, til, Jansatta, stereotip, Hindiston, hindiy tili.
Jurnaldagi sahifalar: 416 - 420