14.05.2026
47
HIRAGANA YOZUV TIZIMINI O‘RGATISHDA AN’ANAVIY VA ONLAYN METODLARNING SAMARADORLIGI

Muallif: Xamidova, Nargiza Mirvaxidovna; Aliqulov, Jaxongir Muhiddinovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada yapon tilini o‘qitishda hiragana yozuv tizimini o‘rgatishning an’anaviy va onlayn metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda jadval asosida o‘rgatish, kartochkalar, takrorlash mashqlari va doskada yozib tushuntirish kabi an’anaviy usullar hamda mobil ilovalar, veb platformalar, video darslar va interaktiv mashqlarga asoslangan onlayn metodlarning samaradorligi qiyosiy o‘rganiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy metodlar yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, onlayn metodlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va mustaqil o‘rganishni rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Tadqiqot yakunida ushbu ikki yondashuvni uyg‘unlashtirish eng maqbul metod sifatida tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: hiragana, yapon tili, an’anaviy metodlar, onlayn ta’lim, mobil ilovalar, interaktiv o‘qitish, yozuv ko‘nikmalari

Jurnaldagi sahifalar: 323 - 330

Yuklab olish