Muallif: Sadullayev, Jaxongir Djamshedovich
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligida belgilangan hujjatlarni soxtalashtirish hamda qalbakilashtirish jinoyatini sodir etishda jinoiy javobgarlikni vujudga kelishi tartibi, amaldagi milliy qonunchilik bayoni hamda ayrim ilg’or xorijiy davlatlarning, xususan, AQSH, Rossiya, Germaniya hamda Yaponiya kabi mamlakatlarning hujjatlarni soxtalashtirishga oid jinoiy-huquqiy normalarni jinoyat qonunchiligidagi huquqiy normalar umumiylik hamda o’ziga xoslilik jihatlari bo’yicha qiyosiy huquqiy tahlil o’tkazish orqali o’rganiladi. Mazkur tadqiqot ishida namunaviy va ijobiy natijalarga erishgan huquq tizimlaridan misollar keltirish yo’li bilan mamlakat qonunchiligidagi ayrim kichik bo’shliqlarni aniqlash va to’ldirish bo’yicha asosli takliflar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: rasmiy hujjatlar, shtamplar, qalbakilashtirish, soxta hujjat tayyorlash, soxtalashtirsh, probalar, rasmiy bo’lmagan hujjat .
Jurnaldagi sahifalar: 492 - 498