26.11.2023
83
IBN AL-ARABIY VA MAVLONO JOMIYNING TASAVVUFIY-FALSAFIY QARASHLARIDA HAQ MA’RIFATI MASALASI

Muallif: Xolmo‘minov, Ja’far Muhammadiyevich; Aqilxonov, Saidolimxon

Annotatsiya: Insonning o`zini va olamning mohiyatini anglashi orqali borliqning Yaratguvchisi – Alloh taoloni ma`rifat etishi (anglashi) masalasi Irfon falsafasining asosiy bahs mavzusi hisoblanadi. Ya`ni, Inson – Olam – Xudo o`rtasidagi aloqadorlikni o`rganish tasavvuf ta`limotining gnoseologik asosini tashkil etadi. Bu masala IX-XVII asrlar davomida Musulmon sharqining turli mintaqalarida turli tariqatlar va irfoniy maktablarning yirik namoyandalari – tasavvuf olimlari tomonidan tahlil va tadqiq etilgan. Ushbu maqolada Irfon falsafasidagi Haq ma`rifati – Xudoni anglash masalasi tasavvuf ta`limotining buyuk nazariyotchisi – Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165–1240) va Naqshbandiya tariqatining yirik vakillaridan biri, buyuk shoir va mutafakkir Mavlono Abdurahmon Jomiy(1414 – 1492)ning tasavvufiy-falsafiy qarashlari asosida tahlil va tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: Tasavvuf, Irfon falsafasi, Ibn al-Arabiy, Mavlono Jomiy, Vahdat ul-vujud, Haq ma`rifati (Allohni tanish), Haq zoti, Zot ma`rifati, olam, borliq, aql, qalb.

Jurnaldagi sahifalar: 291 - 303

Yuklab olish