15.08.2026
22
IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O‘ZBEKISTON SSR PROKURATURASI TOMONIDAN MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATI USTIDAN PROKUROR NAZORATI

Muallif: Insopov, Abdugaffor Abdusamadovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1950-yillarda O‘zbekiston SSR prokuraturasi tomonidan sotsialistik qonuniylikni ta’minlash sohasida amalga oshirilgan umumiy prokuror nazorati arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda mahalliy Sovetlar va ijroiya qo‘mitalarining qonun talablarini buzishi, kolxoz mulkini muhofaza qilish, budjet mablag‘laridan qonuniy foydalanish, davlat va jamoat mulkini asrash hamda prokuror ta’sir choralarining huquqiy ahamiyati yoritilgan. Arxiv materiallari prokuraturaning mazkur davrda nafaqat jinoyatlarni fosh etuvchi, balki davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlovchi muhim nazorat instituti sifatida faoliyat yuritganini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: prokuratura, sotsialistik qonuniylik, prokuror nazorati, umumiy nazorat, arxiv hujjatlari, mahalliy Sovetlar, ijroiya qo‘mitalari, kolxoz mulki, O‘zbekiston SSR.

Jurnaldagi sahifalar: 104 - 110

Yuklab olish