09.07.2025
25
ILG‘OR VA INNOVATSION TAJRIBALARNING TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI: PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA TAHLIL

Muallif: Nurullayeva, Shaxlo Uktamovna; Atayeva, Maloxat Isakovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribalarini aniqlash, baholash, tizimlashtirish va ommalashtirish masalalari yoritilgan. Ilg‘or pedagogik tajriba tushunchasining mohiyati, uning turlari, zamonaviy ta’limdagi o‘rni, hamda pedagogik innovatsiyalar va psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida tajribalarni aniqlash va baholash mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, ilg‘or tajribalarni tizimli o‘rganishning bosqichlari, ularni joriy etish va targ‘ib qilish mexanizmlari ilmiy-nazariy manbalar asosida asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, ilg‘or pedagogik tajriba, innovatsion ta’lim texnologiyalari, psixologik-pedagogik tajriba, tadqiqot asosidagi tajriba, metodik yondashuv, pedagogik innovatsiya, ta’lim sifati, ommalashtirish, tizimlashtirish.

Jurnaldagi sahifalar: 115 - 122

Yuklab olish