23.03.2022
493
Imamov, B. K. (2022). COOPERATION BETWEEN THE COUNTRIES OF UZBEKISTAN AND TURKEY IN THE CULTURAL SPHERE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 354-364.

Muallif: Imamov, Bobir Khojanazarovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohasidagi munosabatlarining yangi bosqichidagi muhim masalalar yoritilgan. Ikki davlat oʻrtasida umumiy oʻrta taʼlim va oliy taʼlim sohasidagi xususiyatlar va istiqbolli shartnomalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Maqolada ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari haqida ma’lumot berilgan, shuningdek, ta’lim, madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlikning barcha jabhalari yoritilgan. Bu, o‘z navbatida, ikki mamlakat ilmiy va madaniy doiralari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada ikki davlat olimlari va ilmiy markazlari o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro stajirovka va ilmiy sayohatlar o‘tkazish, xalqaro ilmiy anjuman va simpoziumlarda ishtirok etish kabi dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali ta’lim hamkorligi jarayoni tahlil etilgan. Hozirgi kunda ham ilmiy kadrlar va ishchi kuchi almashinuvi shaklida yaqin aloqalar davom etmoqda. Maqolada ko'rib chiqilgan ko'p tomonlama O'zbekiston-Turkiya ilmiy-pedagogik hamkorligi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: ilmiy sohadagi ikki tomonlama shartnomalar va kelishuvlar; tabiiy, aniq va gumanitar fanlar sohasida bevosita ilmiy tadqiqotlar olib borish; o'zaro stajirovka va ilmiy sayohatlar; ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

Kalit so'zlar: hamkorlik, madaniyat, ta’lim, turizm, shoir, san’at, folklor, teatr, ta’lim tizimi, muzey, tarixiy obida, musiqa bayrami.

Yuklab olish